Jamiyat | 23:03 / 04.05.2019
13157
3 daqiqa o‘qiladi

Harbiy okruglar qo‘mondonlari urush faxriylariga prezident mukofotlarini topshirdi 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

2-4 may kunlari Mudofaa vazirligi harbiy okruglari qo‘mondonlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda xizmat burchini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilasidan xabar olishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, mudofaa vazirining o‘rinbosari – Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burxanov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Pavel Materikov va Nikolay Petrunin xonadonlarida bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti nomidan mukofotni o‘z qo‘li bilan egalariga topshirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov boshchiligidagi harbiylar xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar podpolkovnik Samandar Kenjayev hamda kapitan Zafar Boymurodovning xonadonlariga tashrif buyurishdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xizmat burchini o‘tash vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga mudofaa vaziri nomidan 2 mln so‘mdan moddiy yordam pullari, shuningdek, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov boshchiligidagi guruh esa poytaxtimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriysi Vladimir Chmixun xonadonida bo‘ldi. Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Hamdam Qarshiyev va Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Shermatov hamrohligidagi harbiylar esa Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 97 yoshli Aminjon Alimov bilan uchrashdilar. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Xuddi shu kabi tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bo‘lib o‘tdi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosarlari boshchiligida bir guruh harbiy xizmatchilar urush faxriysi, 94 yoshli Rejyep Qurbanmetovni bayram bilan qutladilar.

Uchrashuvlar davomida urush faxriylariga O‘zbekiston prezidenti nomidan 7,5 mln so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.

Mavzuga oid