Bojxonachilar simobni 17 ming dollarga pullashga uringan shaxslarni qo‘lga olishdi
Kuni kecha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Chilonzor va Sergeli tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida simobni pullashga uringan shaxslarning kirdikorlari fosh etildi.
Xususan, Chilonzor tumani hududida fuqaro B.A. fuqaro A.Sh.ga
12 kilogramm simobni 12 ming AQSh dollarga pullashga kelishib, shundan 7000 dollarini oldindan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Shuningdek, yana bir holatda Sergeli tumanida fuqaro R.T. tomonidan shartli xaridorga 5 kilogramm simobni 5000 AQSh dollariga noqonuniy tarzda sotish rejasi chippakka chiqdi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb yozadi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
15:30 / 23.10.2024