Qoplarda xomashyo o‘rnida tayyor mahsulotlar borligi fosh bo‘ldi
Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ nomiga xorijiy davlatdan umumiy qiymati 17 749 AQSh dollariga teng bo‘lgan, 15570 kilogramm “Parda mahsulotlari uchun mato xomashyosi” tovari olib kelinishi lozim edi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bojxona ko‘rigi davomida bojxonachilarda tovarning TIF TN kodiga aniqlik kiritish maqsadida tovarlardan belgilangan tartibda namunalar olib, kompleks ekspertizaga yuborildi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu tovarlar xomashyo emas, balki tayyor parda matolari ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Olib qo‘yilgan ushbu parda tovarlarga nisbatan 2,1 milliard so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
19:53 / 16.09.2024
O‘zbekiston AQSh bilan bojxona sohasidagi hamkorlikka oid bitimni imzoladi
20:33 / 29.08.2024
Moskva aeroportida radioaktiv haykalchani olib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik to‘xtatildi
10:17 / 27.08.2024
Paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga mablag‘ berish shartlari o‘zgardi
18:13 / 22.08.2024