O‘zbekiston | 09:00 / 03.06.2019
72362
2 daqiqa o‘qiladi

Hotamjon Ketmonovning yangi ish joyi ma'lum bo‘ldi

Foto: O‘zXDP

Hukumat qarori bilan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

1 iyun kuni Hotamjon Ketmonov Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimini tark etgandi. Endilikda partiyaga Namangan davlat universiteti rektori sifatida ishlab kelgan Ulug‘bek Inoyatov raislik qiladi.

H.Ketmonov 1969 yil Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1993 yili Andijon davlat pedagogika tillar institutini rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisligi bilan tamomlagan. 

Faoliyatini 1993 yilda Farg‘onaning Toshloq tumanidagi maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. 1995-2004 yillarda Farg‘ona viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi tizimida mehnat qilgan. 2004-2013 yillarda Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

U 2013 yildan buyon XDP Markaziy kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgandi. 2015 yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari edi.

Hotamjon Ketmonov 2015 va 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan.

Mavzuga oid