O‘zbekistonda hayit namozini o‘qigan fuqarolar soni ma'lum qilindi
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha OAV uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etildi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov hayit namozi bo‘yicha qator ma'lumotlarni e'lon qildi.
Ramazon hayitining birinchi kuni, 5 iyun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2057 ta masjiddan 1983 tasida 2 million 200 mingdan ziyod fuqarolar hayit namozini o‘qidi.
Jumladan, Andijon viloyatida 172 ta, Namangan viloyatida 183 ta, Farg‘ona viloyatida 188 ta, Sirdaryo viloyatida 69 ta, Toshkent viloyatida 221 ta, Toshkent shahrida 102 ta, Jizzax viloyatida 168 ta, Surxondaryo viloyatida 108 ta, Samarqand viloyatida 272 ta, Buxoro viloyatida 103 ta, Navoiy viloyatida 69 ta, Qashqadaryo viloyatida 181 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 ta masjidda ado etildi.
Toshkent shahrida 102 ta masjidda 479 ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz Hayit namozida ishtirok etdilar. Xususan, Hazrati Imom majmuasida 17 mingdan ziyod, “Minor” masjidida 15 mingdan ziyod fuqarolar jam bo‘ldi.
Mavzuga oid
17:30 / 27.06.2023
Toshkentda Hayit namozi o‘qilishi sababli ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
15:45 / 06.07.2022
Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
14:53 / 12.05.2021
Moskvada hayit namozini jamoat bilan o‘qish taqiqlandi
12:44 / 05.06.2019