«Novaport» Samarqand aeroporti rekonstruksiyasini 2022 yilning bahorigacha yakunlashni rejalashtirmoqda
Rossiyaning «Novaport» aeroportlar holdingi 2022 yilning bahorigacha Samarqand aeroporti rekonstruksiyasini yakunlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Novaport» egalaridan biri Roman Trotsenko xabar berdi, deb yozmoqda TASS.
«U yerda muddatlar bor [O‘zbekistondagi uchta aeroportni modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish]. Samarqand bo‘yicha 2022 yil bahori - ShHT sammitining o‘tkazilishi, shu vaqtga kelib Samarqand aeroporti to‘liq rekonstruksiya qilinishi lozim», - dedi u.
May oyi oxirida O‘zbekiston hukumati hamda Rossiyaga qarashli «Novaport» kompaniyasi Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Ta'kidlash joizki, «Novaport» kompaniyasi aktivida quyidagi aeroportlar bor:
1. Chita xalqaro aeroporti
2. Chelyabinsk xalqaro aeroporti
3. Tomsk xalqaro aeroporti
4. Astraxan xalqaro aeroporti
5. Volgograd xalqaro aeroporti
6. Novosibirsk xalqaro aeroporti
7. Tyumen xalqaro aeroporti
8. Murmansk xalqaro aeroporti
9. Perm xalqaro aeroporti
10. Kemerovo xalqaro aeroporti
11. Mineralnyye Vody xalqaro aeroporti
12. Kaliningrad xalqaro aeroporti.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
16:28 / 01.11.2024