Jahon | 20:30 / 14.06.2019
6541
1 daqiqa o‘qiladi

Everestda dunyodagi ikkita eng baland meteostansiyalar o‘rnatildi

Foto: National Geographic

AQShning milliy geografik jamiyati meteorologlari rahbarligidagi olimlar xalqaro guruhi Everestda dunyoda eng baland joylashgan ikkita meteostansiyani o‘rnatdi. Bu haqda Engadget nashri yozmoqda.

Stansiyalar dunyodagi eng baland tog‘ga ekspeditsiya davomida 7945 metr va 8430 metr balandlikda o‘rnatilgan. Stansiyada yig‘ilgan ma'lumotlar olimlarga ko‘tarilib borayotgan global haroratlar tez eruvchi muzliklarga qanday ta'sir qilishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Ekspeditsiyada butun dunyodan 30 olim, jumladan 17 nafar nepallik tadqiqotchi ishtirok etgan. Meteorologlar, shuningdek, rekord – 8020 metr balandlikda muz namunasi olishgan. Ushbu muz olimlarga bu balandlikda sharoitlar sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan qanday o‘zgarganini aniqlashda yordam beradi.

Mavzuga oid