Sport | 11:39 / 16.06.2019
7248
2 daqiqa o‘qiladi

«Golden Boy» sovriniga da'vogarlar ro‘yxati ma'lum bo‘ldi

Foto: TF-Images/Getty Images

Tuttosport nashri Yevropaning 2019 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da'vogarlar ro‘yxatini e'lon qildi.

«Golden Boy» sovrinini olishga 100 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Ular orasida mukofotning amaldagi sohibi Matteys de Ligt («Ayaks»), shuningdek, Vinisius, Andrey Lunin (ikkisi — «Real»), Fil Foden («Manchester Siti»), Matteo Genduzi («Arsenal»), Kallum Hadson-Odoi («Chelsi»), Jyeydon Sancho («Borussiya» D), Kay Havers («Bayyer»), Moyze Kin («Yuventus»), Janluiji Donnarumma («Milan»), Joau Felish («Benfika») va boshqalar bor.

Ma'lumot uchun, sovrin UYeFAga a'zo mamlakatlarning birinchi ligasida to‘p surayotgan, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan biriga topshiriladi. G‘olib yetakchi sport nashrlari jurnalistlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlanadi.

2003 yilda ta'sis etilgan «Golden Boy»ni hozircha fransiyalik futbolchilar eng ko‘p – 3 marta qo‘lga kiritishgan. Klublar orasida esa 3 nafar o‘yinchisi bu e'tirofga loyiq ko‘rilgan «Manchester Yunayted» peshqadamlik qilyapti.

Mavzuga oid