O‘zbekiston | 13:20 / 25.07.2019
64225
1 daqiqa o‘qiladi

Shahar hokimi Iqtisodiyot va sanoat vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 24 iyulidagi qarori bilan Olmaliq shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan O‘ktamjon Dehqonboyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi «Olmaliq hayoti» kanali xabar berdi

O‘ktamjon Karimov bu lavozimda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan Umid Salimovning o‘rnini egalladi.

U 2018 yil avgustidan buyon Olmaliq shahriga hokimlik qilib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Umidjon Salimov 14 iyul kuni  Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimidan «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid