Jahon | 11:52 / 22.08.2019
19230
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya «Katta yettilik»ka qaytishining «plyus»lari haqida gapirdi

Foto: Jonathan Ernst / Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin sobiq prezident Barak Obamani “dog‘da qoldirgach”, Moskva “Katta yettilik”dan chiqarib yuborilganini aytdi. U bu haqda 21 avgustda aytib o‘tdi. 

“Masalalar muhokamasi agar Rossiya G7’da bo‘lganda ancha osonroq ko‘chardi”, deb aytgan Tramp jurnalistlar savoliga javoban.

20 avgustda Tramp Rossiyaning guruhga qaytishini qo‘llab-quvvatlagan va buni “G7’da muhokama qilinadigan ko‘plab narsalar Rossiyaga taalluqli ekani” bilan tushuntirgan. Tramp Putin Obamani “dog‘da qoldirgani” uchun Rossiyani “Katta sakkizlik”dan chiqarib yuborishni istaganini aytgan.   

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova agar yettilik davlatlarida Rossiyaning bu formatga qaytarilishi bo‘yicha aniq takliflari bo‘lsa, unda ularni ifodalab, rasmiy diplomatik kanallar orqali berish kerakligini aytdi. “Agar yettilik o‘zini jiddiy format sifatida ko‘rishni istasa, unda bu masalaning muhokamasini ermak qilishdan professional sohaga ko‘chirishi lozim”, deb aytgan Zaxarova. 

G8 formati Qrim 2014 yilda Rossiyaga qo‘shilgandan keyin barham topgan. O‘shanda yetakchi davlatlar rahbarlari Rossiya raisligida Sochida o‘tishi kerak bo‘lgan “sakkizlik” sammitida ishtirok etishdan bosh tortishgan. Buning o‘rniga Bryusselda G7 (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Italiya va Kanada) sammiti bo‘lib o‘tgan. 

Mavzuga oid