Sport | 12:25 / 22.09.2019
6661
1 daqiqa o‘qiladi

Erkin kurash. O‘zbekistonning 2 vakili bronza olishi mumkin

Bugun Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetadi.

Reglamentga ko‘ra, ushbu kun dasturida erkin kurash bo‘yicha kechagi dasturdan so‘ng medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolgan sportchilar bahs olib borishadi.

21 sentabr kungi bellashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining ikki nafar vakili - Abbos Rahmonov (-61 kg) va Rashid Qurbonov (-79 kg) bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishdi. Bu borada Rahmonov o‘tish bosqichida o‘z raqibini kutayotgan bo‘lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Qurbonovning ham raqibi kechki dasturda ma'lum bo‘ladi.

Mavzuga oid