AQShda General Motors’ning 50 ming xodimi maoshlar pastligidan norozilik bildirmoqda
AQShning General Motors kompaniyasining 50 mingga yaqin ishchisi maoshlar oshirilishi va ish sharoitlari yaxshilanishini talab qilib, 3 haftadan beri namoyish o‘tkazmoqda. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.
Ishchilar 15 sentyabrda ishlashni to‘xtatishgan. Ularning ta'kidlashicha, kompaniya millionlab dollar daromad olmoqda, biroq maoshlarni oshirmayapti.
Korporatsiya rahbariyati daromadlar haqidagi ta'nalarni rad etib, oxirgi yillarda u global iqtisodiyot sekinlashgani sababli kamayib ketganini aytmoqda.
Bu ish tashlash AQShda kompaniyaga qarshi 50 yil ichidagi eng yirigi hisoblanadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp kompaniyaga xorijdagi, jumladan Xitoydagi ishlab chiqarishni AQShga qaytarishni taklif qilgandi.
2018 yilda Tramp kompaniya rahbariyati Meksika yoki Xitoydagi zavodlarini yopmay, AQShning Ogayo, Michigan va Merilend shtatlaridagi zavodlarini yopishi qaroridan afsuslanish bildirgan. Tramp federal hukumatning 2008 yilgi yordami uchun kompaniya shunday tarzda “minnatdorlik” bildirishini hech ham kutmaganini aytgan.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024