Light | 14:10 / 08.10.2019
7008
3 daqiqa o‘qiladi

Shaharlar havosi ifloslanishi bolalarda psixik buzilishlarga olib kelishi aniqlandi

Shaharlar atmosferasidagi havo ifloslanishlari olimlarni tashvishga sola boshlagani yangilik emas. O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlarda shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning qoniqarsiz sifatga ega havodan nafas olishi yurak-qon tomir tizimi va nafas olish organlarining bir qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Shuningdek, aholining nisbatan zaif guruhiga salomatligi kuchsizlangan insonlar, bolalar va katta yoshli kishilar taalluqlidir. Ammo aniqlanishicha, nafas olinuvchi havodagi zaharli moddalarning ta'siri ancha keng va u asab tizimida ham o‘z izlarini qoldira oladi.

AQSh olimlari bolalarning psixik salomatligi va unga atmosferaning ifloslangan havosi ta'sirini o‘rganishdi. Ular 3ta mustaqil izlanish ustida ish olib borishgan va avval ma'lum bo‘lmagan faktlarni aniqlashgan. Avtomobillardan chiquvchi ishlangan gazlar ham tarkibiga kiruvchi shahar havosidagi zaharli moddalar miqdorining oshishi bolalarda vahimali holatlar oshishi bilan bevosita bog‘liq deb topildi. Olimlar ushbu ifloslantiruvchilarning me'yordan o‘tishi yallig‘lanuvchi jarayonlar va tahlika uyg‘otuvchi bosh miya faoliyatida og‘ishlar bilan kechishini ma'lum qilishmoqda.

Boshqa bir tadqiqotda zaharli moddalarning ko‘payishi va voyaga yetmaganlardagi ruhiy kasalliklar darajasi ortishi o‘rtasidagi umumiy bog‘liqlikni aniqladi. Olimlarning ta'kidlashicha, bola organizmining reaksiyasi atmosfera tarkibidagi salbiy o‘zgarishlardan 1-2 kun o‘tgach qayd etiladi.

Bundan ham ajablanarli faktlar bolalikning ilk yillaridan o‘spirinlik davrigacha bo‘lgan bolalarning ruhiy holatini kuzatuvchi uzoq yillik tajribalar davomida aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, hayotning birinchi yillaridanoq ifloslangan havodan nafas olayotgan bolalar o‘spirinlik davriga kelib katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bunday bolalar aksariyat hollarda ruhiy kasalliklarning turli shakllaridan aziyat chekishadi, shu jumladan, depressiya va o‘z joniga qasd qilish holatlari ortadi.

Shunday qilib, olimlar atrof-muhit sifatining bolalar va natijada kattalar ruhiy holatiga ta'siri yetarli darajada mutlaqo baholanmaydi degan xulosaga kelishdi. Ma'lum bo‘lishicha, yirik megapolislar va rivojlangan shaharlar aholisi ruhiy kasalliklar girdobida qolishi xavfi ostida qolmoqda. Bu birinchi navbatda, urbanizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan va bolalarning aksariyati noqulay shahar sharoitida yashaydigan rivojlangan mamlakatlar aholisiga tegishlidir.

Mavzuga oid