Dunyoning eng yaxshi ikki tennischisi Qozog‘istonda xayriya o‘yini o‘tkazdi
Dunyoning ayni vaqtda eng kuchli ikki erkak tennischisi – dunyoning birinchi raqamli tennischi serbiyalik Novak Jokovich va ikkinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda xayriya o‘yini o‘tkazishdi.
Uchrashuv ispan tennischisining 6:3, 3:6 (11:9) hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvga chiptalar narxi 7-9 ming dollar turgan. Chiptalarni sotishdan tushgan pullar xayriya ishlariga yo‘llanadi. Tushgan pullardan bolalar uchun maydonchalar qurish va Qozog‘istonning tuman markazlarida tennisni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Ikkala tennischi Qozog‘istonga ilk bor kelgan. Ular tashrif vaqtida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan Oqo‘rdada uchrashishgan va o‘zaro sovg‘alar almashishgan. Prezident ikkala tennischiga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan qo‘l soatlari sovg‘a qilgan. Toqayev yaqinda uylangan Nadalga Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan va oltin suv yugurtirilgan billur vaza sovg‘a qilgan.
Ikki sportchi, shuningdek, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashib, unga dastxatlari tushirilgan futbolkani sovg‘a qilishgan.
Mavzuga oid
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024