Jahon | 15:46 / 12.11.2019
5462
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya politsiyasi yo‘llarni to‘sib qo‘ygan kataloniyalik namoyishchilarni tarqatishga kirishdi

Foto: REUTERS

Vanguardia gazetasining yozishicha, dastlab huquqni muhofaza qilish xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar qo‘llashgan.

Fransiya jandarmeriyasi va milliy politsiyasi xodimlari Ispaniya va Fransiyani bog‘lovchi avtomagistrallarni to‘sib qo‘ygan kataloniyalik namoyishchilarni tarqatishga kirishdi.

Kataloniyadagi "Demokratik sunami" harakati a'zolari norozilik aksiyasi o‘tkazib, Ispaniyani Fransiya bilan bog‘lovchi trassani to‘sib qo‘yishdi. Keyinroq ular AP-7, AP-9, N-2 kabi asosiy trassalar uch kun yopiq turishini e'lon qilishdi.

Vanguardia gazetasining yozishicha, dastlab huquqni muhofaza qilish xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlar qo‘llashgan. So‘ngra politsiyachilar namoyishchilarni surib tashlashni boshlagan.

Qayd etilishicha, kataloniyalik huquq-tartibot xodimlari hozircha namoyishchilarga qarshi choralar ko‘rishni boshlashmagan, ammo trassani to‘sib qo‘ygan avtomobillar egalarini mashinalarini olishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirishgan.

Mavzuga oid