Abdulaziz Komilov Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazdi
2019 yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, tomonlar joriy yilda hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Xususan, bir qator ikki tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi, jumladan, adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va unga oid masalalar, rivojlanish masalalari bo‘yicha «O‘zbekiston-YeI» kichik qo‘mitalari va «O‘zbekiston-YeI» Hamkorlik kengashining majlislari o‘tkazildi. YeI Kengashining Siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zolarining Toshkent shahriga tashrifi, shuningdek, Bryussel shahrida «O‘zbekiston-YeI» parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi majlisini o‘tkazish kutilmoqda.
Muzokaralar davomida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) matnini tezroq tasdiqlash zarurligi qayd etildi.
Ta'kidlanganidek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat qaratiladi, bu esa mamlakat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarga ham ko‘maklashadi.
Uchrashuvda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi va kelgusi yili siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha yuqori darajadagi «Yevropa ittifoqi - Markaziy Osiyo» muloqoti majlisini o‘tkazishga tayyorlik izhor etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Orol dengizi fojiasining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mamlakatda qat'iy choralar ko‘rilayotganini ta'kidladi va Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi va O‘zbekistondagi boshqa ekologik loyihalarni Yevropa ittifoqi qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunligini bildirdi.
Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024
Yevroittifoq Xitoyning Temu internet-do‘konini jarimaga tortmoqchi
10:10 / 28.10.2024
Yevroittifoq Gurjistonda saylovlardagi qonunbuzarliklarni tekshirishga chaqirdi
11:00 / 16.10.2024