Facebook o‘zining elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi
Hozircha Facebook Pay faqat AQShda ishlaydi.
Facebook kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida, messenjerida, Instagram va WhatsApp ilovasida ishlaydigan Facebook Pay elektron to‘lov tizimini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya blogida ma'lum qilindi.
Servis AQShda Facebook va messenjer uchun o‘yinlar ichida xarid qilish, tadbirlar uchun chiptalar sotib olish, foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazish va xayriya maqsadlarida pul yig‘ish imkonini beradi. Kompaniya keyinchalik uning Instagram va WhatsApp’da ham ishlashini ta'minlashni rejalashtirgan.
Facebook Pay xizmatini ilova sozlamalari yoki ijtimoiy tarmoq sayti orqali ishga tushirish mumkin. Tizim aksariyat kredit va debet kartalari hamda PayPal tizimi bilan ishlaydi.
Mavzuga oid
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024