Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari ma'lum qilindi
Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalariga topshiriluvchi Airline Excellence Awards mukofotining bosh sovrini joriy yilda Yangi Zelandiyaning Air New Zealand aviakompaniyasiga berildi. Ushbu aviakompaniya dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi.
Bu haqda CNN Travel telekanali xabar berdi.
Avvalgi yil g‘olibi Singapore Airlines 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘ringa Yaponiyaning All Nippon Airways aviakompaniyasi loyiq topilgan.
Aviakompaniyalar bir necha mezonlar, jumladan, xavfsizlik darajasi, samolyotlar yoshi, yo‘lovchilarning fikrlari, investitsion reytinglari, xodimlari, taklif qiluvchi xizmatlari va daromadliligi bo‘yicha baholangan.
Yangi Zelandiya aviakompaniyasi samolyotlarining hashamatli salonlari, parvoz vaqtidagi ko‘ngilochish dasturi va ekologikligi uchun bosh mukofotga loyiq topilgan. Boshqa mezonlar bo‘yicha ham aviakompaniya yetakchilar orasida bo‘lgan.
Yetakchi o‘ntalikka shuningdek Avstraliyaning Qantas, Hongkongning Cathay Pacific, BAAning Emirates, Britaniyaning Virgin Atlantic, Tayvanning EVA Air, Qatarning Qatar Airways va Avstraliyaning Virgin Australia aviakompaniyalari kirgan.
Amerika qit'asida AQShning Delta Air Lines, Yevropada Germaniyaning Lufthansa, Yaqin Sharqda Emirates, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Cathay Pacific Airways eng yaxshi aviakompaniyalar deb e'tirof etilgan.
Budjet aviakompaniyalari orasida Amerikada JetBlue, Yevropada esa Wizz Air eng yaxshi loukoster deb topilgan.
Mavzuga oid
01:19 / 07.09.2024
Germaniya aviareyslarni kechiktirish va bekor qilish soni bo‘yicha yetakchiga aylandi
18:23 / 06.09.2024
Lufthansa Germaniyadan O‘zbekistonga aviaqatnovlarini tiklashi mumkin
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
08:15 / 02.08.2024