Jamiyat | 19:27 / 27.11.2019
6232
3 daqiqa o‘qiladi

Botanika, Zoologiya institutlariga hamda Botanika bog‘iga avtomashinalar topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 may kuni Milliy universitetda ta'lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda Fanlar akademiyasi Botanika va Zoologiya institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash haqida so‘z borgan edi.

Xususan, tog‘ va cho‘l sharoitlarida, aholi turar joylardan ancha olisda joylashgan tabiiy ekotizimlarda keng ko‘lamli dala tadqiqotlarini olib borish, o‘simlik va hayvonot olamining davlat kadastrini yuritish, kamyob va yo‘qolib borayotgan, muhofazaga muhtoj turlar monitoringini olib borish borasidagi ilmiy faoliyatiga yetarli darajada imkoniyat yaratish zarurligiga alohida to‘xtalib o‘tilgan edi.

Majlisda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga Fanlar akademiyasining Botanika va Zoologiya institutlari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy laboratoriya va asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan edi.

Topshiriqning ijrosini ta'minlash maqsadida, Fanlar akademiyasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va bu dastur Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, «Respublikaning turli tabiiy-iqlim sharoitlaridan ilmiy ma'lumotlar yig‘ish, noyob ilmiy obektlar fondlarini doimiy ravishda to‘ldirib borish, dala ekspeditsiyalarini tashkil etish maqsadida Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Botanika bog‘i va Zoologiya institutiga 3ta dala ekspeditsiyasi uchun ixtisoslashtirilgan avtomobillar bilan ta'minlash belgilangan edi. O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tomonidan Fanlar akademiyasi Botanika va Zoologiya institutlariga bittadan 4x4 «UAZ Patriot» rusumli, Botanika bog‘iga 4x4 «Lada Niva» rusumli ekspeditsiya avtomashinalari topshirildi.

Ishlab chiqarish amaliyotini ilmiy-tadqiqotlarni qulay sharoitlarda olib borish uchun yaratilayotgan bu kabi imkoniyat ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyot bilan integratsiyasini ta'minlash, o‘rmon fondi yerlaridagi dorivor o‘simlik turlari zaxiralarini aniqlash, davlat tomonidan o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlarini va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish borasidagi hamkorlikdagi tadqiqotlarni olib borishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid