Samarqandda o‘tkazilgan osh tayyorlash chempionatida toshkentlik oshpaz g‘olib bo‘ldi - fotogalereya
Samarqand shahridagi «Bog‘ishamol Garden» dam olish maskanida viloyat turizmni rivojlantirish departamenti va O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi hamkorlikda «World Plov Shampionship» pazandachilik musobaqasi tashkil etishdi.
Musobaqada turk, uyg‘ur oshpazlari va respublikamizning 8 viloyatidan kelgan boshqa oshpazlar turlicha palov tayyorlash usullari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.
Hakamlarning yuqori bahosi hamda mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘lgan Toshkent shahridan kelgan oshpaz Fayzulla Abdullayev tomonidan tayyorlangan bayramona palov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin samarqandcha palov tayyorlagan Ismatilla Islomovga nasib qildi.
3-o‘ringa toshkentlik yosh oshpaz Akrom Obidovning choyxona palovi sazovor bo‘ldi.
«Chempionatda «Alanga» guruchidan bayramona palov tayyorlab g‘olib bo‘ldim. Tayyorlagan palovim mehmonlarga manzur bo‘lganidan xursandman», deydi bir necha bor o‘zi tayyorlagan palov, manti, somsa, chuchvara kabi milliy taomlar bilan respublika va xalqaro tanlovlarda qatnashib, milliy oshxonamizning jahonga tanilishida hissa qo‘shib kelayotgan g‘olib.
Osh chempionati ham milliy taomlarimizni targ‘ib qilib, gastronomik turizmni ommalashtirish yo‘lida qo‘yilgan qadamdir.
Faxriddin HOTAMOV suratlari.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
13:10 / 02.11.2024
Oktyabrda 1 porsiya osh narxi qancha bo‘lgani aytildi
21:44 / 01.11.2024