Jahon | 00:33 / 07.12.2019
3897
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi o‘zgardi

Foto: LETA

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh inson huquqlari bo‘yicha o‘zining yangi yordamchisini tayinladi. Ushbu lavozimni britaniyalik Endryu Gilmor o‘rniga latviyalik Ilze Brands-Kexris egalladi. Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.

"Bugun BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh latviyalik Ilze Brands-Kexrisni inson huquqlari bo‘yicha bosh kotib yordamchisi va Nyu-Yorkdagi inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar boshqarmasining boshlig‘i etib tayinladi. U Buyuk britaniyalik Endryu Gilmor o‘rniga tayinlandi", - dedi Dyujarrik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh kotibi va inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar Gilmor tashkilotdagi ko‘p yillik faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

Dyujarrikning ma'lum qilishicha, Brands-Kexris 2017 yildan buyon BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi mustaqil ekspert-a'zosi hisoblanadi.

Mavzuga oid