O‘zbekiston | 12:05 / 21.12.2019
66360
1 daqiqa o‘qiladi

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 6-son bayonida belgilangan.

Unga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta'lim shakllari) hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar hamda xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib 2019 yil 31 dekabr (shu kuni ham) belgilandi.

Mavzuga oid