Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidentiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Olmaota yaqinida ro‘y bergan aviahalokat munosabati bilan Qozog‘iston prezidentiga Qosim-Jo‘mart To‘qayevga hamdardlik bildirdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ta'ziya maktubi yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a'zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bugun, 27 dekabr kuni Qozog‘istonning Bek Air aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti Olmaota shahri aeroportidan havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi. Samolyot bortida 95 yo‘lovchi va ekipajning 5 a'zosi bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida balandlikni yo‘qotib, beton to‘siqni buzib o‘tgan va ikki qavatli imoratga borib urilgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani, 35 kishi tan jarohati olgan. Aviahalokat sababli Qozog‘istonda 28 dekabr milliy motam kuni deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
16:31 / 14.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024