Sport | 18:43 / 03.01.2020
18021
1 daqiqa o‘qiladi

«Nasaf» sardori «Paxtakor»ga o‘tdi

Foto: FC Pakhtakor

Qarshining «Nasaf» klubi markaziy himoyachisi Umar Eshmurodov «Paxtakor» a'zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Faoliyati davomida «Sho‘rtan» va «Nasaf» jamoalari safida yuqori liga o‘yinlarida 152 bor maydonga tushgan himoyachi 4 gol muallifiga aylangan. Eshmurodov o‘tgan mavsum barcha uchrashuvlarda ishtirok etgan. 

Umar Eshmurodov erkin agent sifatida «Paxtakor» bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Umid qilamizki, Eshmurodovning jamoamizdagi faoliyati muvaffaqiyatli keladi. «Sherlar» safiga xush kelibsan, Umar!» - deya yozadi «Paxtakor» klubi rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Umar Eshmurodov 2019 yilgi Superliga bahslarida «Nasaf» safida 26 o‘yinda maydonga tushgan.

Mavzuga oid