Jahon | 10:40 / 22.01.2020
4745
2 daqiqa o‘qiladi

Boeing aksiyalari 737 MAX haqidagi bayonotlardan so‘ng 4 foizga pasaydi

Foto: Foto: Lindsey Wasson / Reuters

Amerikaning Nasdaq birjasidagi savdolar davomida Boeing aksiyalari kompaniyaning 737 MAX samolyotlari parvozi tiklanishi kechiktirilgani to‘g‘risidagi bayonotidan keyin 4 foizga pasaydi.

Toshkent vaqti bilan soat 2:55 holatiga ko‘ra, aksiyalar bir donasi uchun 311,1 dollardan sotilgan (minus 4,03 foiz). Boeing’ning asosiy yetkazib beruvchilari - General Electric hamda Spirit AeroSystems aksiyalari ham o‘z qiymatini yo‘qotmoqda. Ularning qiymati mos ravishda 1,1 foiz va 3,2 foizga pasaydi.

737 MAX ishlatilmay turgan aviakompaniyalarning aksiyalari ham arzonlashmoqda: American Airlines Group Inc (minus 4 foiz), United Airlines Holdings Inc (minus 4,2 foiz) va Southwest Airlines Co (minus 2,4 foiz).

Seshanba kuni Boeing Co nazorat organlari 737 MAX’dan foydalanish uchun ruxsatni 2020 yil o‘rtalariga qadar bermasligi mumkin ekanini ma'lum qildi. «MAX’ni parvozlarga xavfsiz tarzda qaytarish bizning birinchi darajali vazifamizdir va biz bunga ishonamiz», - deyiladi Boeing bayonotida. 

«Biz 737 MAX bilan bog‘liq ravishda mijozlarimiz, tartibga soluvchilar, yetkazib beruvchilar hamda keng jamoatchilik uchun qiyinchiliklar yuzaga kelganini tan olamiz va afsusdamiz», - deya qo‘shimcha qiladi kompaniya.

Mavzuga oid