Tailandda harbiy xizmatchi 10dan ortiq kishini otib o‘ldirdi
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, u savdo markazining to‘rtinchi qavatiga yashiringan va 16 kishini garovda ushlab turibdi.
Tailand shimolidagi Nakxonratchasima shahrida harbiy xizmatchining otishma uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, hodisa natijasida ko‘plab kishilar jarohatlangan, ammo ularning aniq soni keltirilmayapti.
Askar dastlab harbiy lagerda o‘z komandiri va ikki kishini otib tashlagan, so‘ngra mashinaga o‘tirib qochib ketgan. U Muang rayonidagi "Terminal-21" savdo markaziga yo‘l olgan va u yerga yetib borguncha yo‘lida uchragan o‘tkinchilarni o‘qqa tutgan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, u savdo markazining to‘rtinchi qavatiga yashiringan va 16 kishini garovda ushlab turibdi.
ล่าสุดมีรายงานว่ายอดคนเสียชีวิต 20 ราย ขณะตำรวจชั้นผู้ใหญ่บินด่วนลงพื้นที่แล้ว #กราดยิงโคราช pic.twitter.com/UdxdNTd0CL
— AMM_RATTANAKORN (@Ammnakarach) February 8, 2020
Askar savdo markazidagi harakatlarini Facebook orqali jonli tarzda namoyish etgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib uning sahifasi bloklangan. Harbiylarning ma'lumot berishlaricha, u Chakrapant Txomma ismli kapraldir.
Mavzuga oid
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
23:17 / 19.09.2024
Tailandda piton changalida qolib ketgan ayol ikki soatdan keyin qutqarib olindi
12:40 / 19.09.2024