O‘zbekiston | 19:49 / 11.02.2020
5449
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat sudlarida «dastlabki eshituv» instituti joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida «dastlabki eshituv» instituti joriy etilishi mumkin.

2020 yilgi davlat dasturi loyihasida Jinoyat protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartish kiritish taklifi bildirilgan.

Ushbu qonun loyihasida:

jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv prinsipiga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash;

jinoyat ishini umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, DXX va Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 1 dekabriga qadar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid