Azar yana safdan chiqdi
«Real»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Eden Azar Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida «Levante»ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Madridliklar klubi matbuot xizmati xabar berishicha, tashxis natijalariga ko‘ra futbolchining o‘ng oyog‘i kichik boldir suyagi darz ketgani aniqlangan.
Ayni vaqtda u qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum emas. Lekin u Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinni (26 fevral, 17 mart), shuningdek, Primeraning navbatdagi turida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yinni (1 mart) o‘tkazib yuborishi aniq.
AS manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Azar kamida ikki oy futbol o‘ynay olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Azar 2019 yilning noyabr oyida YeChL guruh bosqichi doirasida «PSJ»ga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat olgan va uch oy davomida jamoasiga yordam bera olmagandi. U fevral oyining ikkinchi qismida safga qaytgan, «Levante»ga qarshi o‘yin Eden uchun qaytishidan keyingi ikkinchi uchrashuv edi.
O‘tgan yil yozida «Chelsi»dan transfer qilingan futbolchi, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida atigi 10 o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urdi.
Mavzuga oid
17:00 / 26.09.2024
Chempionlik kurashiga ta’sir qiluvchi jarohat - Rodrisiz «Siti»ning titul poygasidagi imkoniyatlari qanday?
15:31 / 10.10.2023
«To‘g‘ri lahzada «to‘xta» deya olishingiz kerak» - Azar 32 yoshida faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
16:05 / 07.12.2022
Eden Azar Belgiya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi
17:20 / 07.10.2020