Jamiyat | 11:00 / 31.03.2020
4700
4 daqiqa o‘qiladi

«Ipak yo‘li» TXU talabalari fanlarni onlayn va Edmodo tizimida o‘zlashtirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-3815-sonli qarori ijrosi yuzasidan universitetda nufuzli xorijiy universitetlar tajribalarini tatbiq qilish bo‘yicha ko‘pgina ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, 2019-2020 o‘quv yilining II semestridan boshlab, talabalarning darslarga erkin qatnashishi hamda universitet professor-o‘qituvchilarining akademik mustaqillikni ta'minlash bo‘yicha universitetning xalqarolashtirish va strategik rivojlanish masalalari bo‘yicha birinchi prorektori vazifasini bajaruvchi, iqtisod fanlari doktori, professor B.X.Turayevning tashabbusi bilan o‘qitishning masofali ta'lim platformalari o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida universitetning xususiyatidan kelib chiqib, Edmodo ta'lim platformasidan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi.

Universitetning ta'lim jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda Edmodo ta'lim platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi hamda yetarli xorijiy tajribaga ega universitet mutaxassislari Alisher Kamilov va Jasur Yaxshilikovlar tomonidan universitet professor-o‘qituvchilariga va talabalarga seminarlar tashkil etildi.

Universitetning ta'lim jarayoniga jalb etilgan xorijlik mutaxassislarning bergan tavsiyalari asosida Edmodo ta'lim platformasidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi hamda yetarli xorijiy tajribaga ega universitet mutaxassislari Alisher Kamilov va Jasur Yaxshilikovlar tomonidan universitet professor-o‘qituvchilariga va talabalarga seminarlar tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda universitetda ta'lim jarayoni Edmodo ta'lim platformasi orqali masofaviy shaklda olib borilmoqda. Shuni alohida qayd etish kerakki, respublikamiz oliy ta'lim muassasalari ichida ilk bor Edmodo ta'lim platformasidan o‘quv jarayonida foydalanish tajribasi birinchi bo‘lib «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida tatbiq etildi.

Edmodo ta'lim platformasida o‘qitishning barcha turdagi ma'lumotlarini (audio, video, hujjatli va boshqa)  uzatish imkoniyati mavjud. Bu platforma nafaqat o‘qituvchiga talabalarning topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirishi, balki ota-onalarning ham farzandlarini bevosita ta'lim jarayoni ishtirokchisi sifatida kuzatishi hamda ularning fanlarni qanday o‘zlashtirayotganliklarini ham bilish imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda, bu platformaning yana bir afzalligi shundaki, unda har bir berilgan topshiriqni bajarishning oxirgi muddati (deadline) ko‘rsatilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida talabalar fan uchun ajratilgan ballar (kredit)ning bir qismini olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Platformaning bu jihati talabalarning ta'lim jarayonida faol bo‘lishlariga rag‘bat beradi.

Universitet tomonidan amalga oshirilgan mazkur tashabbus hozirgi vaqtda Respublikamizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosini samarali ta'minlash imkoniyatini bermoqda.

«Ipak yo‘li» TXU o‘quv jarayonini monitoring qilish va tashkillashtirish bo‘limi

Mavzuga oid