Jahon | 00:30 / 31.03.2020
8481
1 daqiqa o‘qiladi
Isroil bosh vaziri karantinga ketishga qaror qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bir qator xodimlari bilan birga 30 martdan karantinga ketdi. Bunga uning maslahatchisi Rivka Paluxda koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan.
Bu haqda Isroil OAV xabar berdi.
Netanyaxu o‘z ixtiyoriga ko‘ra karantinga ketishga qaror qilgan va hozirda virusni aniqlashga topshirgan tahlillari natijalarini kutmoqda. Ungacha esa bosh vazir va u bilan yelkama-yelka ishlovchi xodimlari karantinda qoladi.
Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi kuzatuv kameralari yordamida Rivka Palux kimlar bilan yana muloqotda bo‘lganini aniqlamoqchi.
Ayni vaqtda Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 4695 nafarni, vafot etganlar soni 16 nafarni tashkil qilmoqda.