Buxoroda koronavirusga chalingan yana 5 nafar bemor sog‘aydi
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 39 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 44 nafarga yetdi
Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Bemorlarning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 3 nafari poytaxtimizdan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 39 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 44 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 161 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024
O‘zbekistonda 263 dona qadimiy tangani Turkiyaga yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024