Fan-texnika | 15:14 / 24.04.2020
19911
5 daqiqa o‘qiladi

Sifatli infraqizil nurli termometr va teplovizorlarni Zon.uz do‘konidan xarid qiling

Foto: Zon.uz

Tasavvur qiling, katta korxonada faoliyat olib borasiz. Birdaniga hamkasbingizni tobi qochib qoldi, tana harorati ham ko‘tarilgan. Lekin uning isitmasini o‘lchash uchun esa kerakli asbob yo‘q. Bunday vaziyatda inson haroratini o‘z vaqtida nazorat qilmaslik ko‘ngilsiz vaziyatlarga olib kelishini va atrofdagilar salomatligini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini barchamiz yaxshi bilamiz.

COVID-19 infeksiyasi bilan zararlanayotganlar soni tobora oshib borar ekan, korxona – tashkilotlar, turli savdo majmualari, bozorlarda inson haroratini o‘lchovchi infraqizil nurli termometr va teplovizorlarni o‘rnatishga bo‘lgan zarurat ham ortmoqda.Ko‘pchilik korxona va tashkilotlar, savdo majmualari rahbarlari haroratni masofadan turib o‘lchovchi qurilmalarni qanday topish mumkinligi borasida murojaat qilishmoqda.

Zon.uz — bu ham onlayn, ham oflayn do‘kon bo‘lib, professional texnikalar savdosiga ixtisoslashgan. Infraqizil nurli termometr va teplovizorlar, qurilishda ishlatiladigan maxsus uskunalar, invertorlar va kontrollerlar kabi mahsulotlarni aynan Zon.uz’dan topishingiz mumkin.

Ayni damda Zon.uz dunyoga mashhur UNI-T, Mitsubishi Electric, DELIXI kabi chet el korxonalari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Yuqorida ta'kidlanganidek, talablarga ko‘ra, Zon.uz do‘konida UNI-T firmasida ishlab chiqarilgan sifatli infraqizil nurli termometr va teplovizorlar savdosi ham yo‘lga qo‘yildi.Endilikda siz ushbu infraqizil nurli termometr va teplovizorlarni xarid qilish uchun bozorga yoki do‘konga borishingizga hojat yo‘q. Uyda qolgan holda mahsulotlarga onlayn buyurtma berish imkoniyatiga egasiz. Respublikamiz bo‘ylab shahar markazlarigacha yetkazib berish mutlaqo bepul.

Xaridorlar uchun qurilmalar haqida qisqacha foydali ma'lumotlar:

Infraqizil nurli termometr — inson tanasidan 5-10 sm masofadan turib, peshona va bo‘yin sohasiga tutilgan holda haroratni aniqlab beradi.

Teplovizor — insonga nisbatan 1-2 metr masofada turib, ya'ni masofa saqlagan holda uning tana haroratini aniqlashga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida inson haroratini aniqlashga ketadigan vaqtni tejaydi va xavfsizlikni oshiradi. Teplovizorlarning imkoniyati infraqizil nurli termometrnikidan ancha yuqori bo‘lib, u bilan bir paytning o‘zida 3tagacha insonning xaroratini aniqlash mumkin.Uni qulayligiga qarab ham qo‘lda, ham ixcham tarzda yasalgan shtativga o‘rnatgan holda ishlatish mumkin.

UTi165H — ushbu qurilmada aniqlangan harorat ma'lumotlarini teplovizor xotirasida saqlash imkoniyati mavjud. Har bir teplovizor 16Gb xotiraga ega.

UTi165K — teplovizorni esa kompyuterga ulagan holda ham ishlatish mumkin. Bunda inson harorati to‘g‘risidagi ma'lumotni sinxron tarzda kompyuterda ko‘rib kuzatib turish mumkin. Agar inson harorati belgilangan haroratdan yuqori bo‘lsa kompyuterga o‘rnatilgan maxsus dastur ogohlantiruvchi signal beradi.

«Yirik korxona va tashkilotlar ayrim hollarda shunchaki infraqizil nurli termometrning o‘zini xarid qilishmoqda. Nazarimda, bu biroz murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Sababi, infraqizil nurli termometr atrof-muhit harorati 15-30°C bo‘lganida inson haroratini yuqori aniqlikda o‘lchaydi.Infraqizil nurli termometrlarni yopiq binolarda qo‘llagan ma'qul.Teplovizorlar esa shifoxonalar, ko‘cha, bozor, supermarketlar hamda odamlar oqimi ko‘p bo‘lgan korxonalarda o‘rnatilganda katta samara beradi», – deydi Zon.uz kompaniyasi bosh menejyeri Shavkat Abdiyev.

Xaridorlar infraqizil nurli termometr va teplovizorlar haqida batafsil ma'lumotni Zon.uz do‘konining rasmiy saytidan va telegram messenjeridagi rasmiy kanalidan olishlari mumkin.

O‘zingiz va xodimlaringiz sog‘lig‘iga befarq bo‘lmang!

Zon.uz - internet do‘kon

Call-sentr: +998-71-205-55-35

Manzil: Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi 20A.

Mo‘ljal: "Novza" metrosi, Golden House "NOVZA" turar joy kompleksi

Telegram: https://t.me/zonuzofficial

Instagram: www.instagram.com/zon.uz

Facebook: www.facebook.com/zonuzofficial

Youtube: https://bit.ly/2Y3pkLc

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid