Rishi Kapur vafot etdi
Bollivudlik aktyor Rishi Kapur 68 yoshida Hindistonning Mumbay shahridagi klinikada vafot etdi. NDTV telekanalining payshanba kuni xabar berishicha, aktyorda saraton kasalligi bo‘lgan.
Rishi Kapur - aktyor va rejissyor Raj Kapurning o‘g‘li. Uni ko‘plab vakillari Bollivudda suratga tushgan Kapurlar oilasining katta avlodidagi so‘nggi yulduz deb atashgan.
Oilada Chintu deb laqab qo‘yilgan Rishi Kapur birinchi jiddiy rolini otasining «Mening ismim Masxaraboz» (Mera Naam Joker, 1970) filmida o‘ynagan, unda sovet aktyorlari, shu jumladan sirk aktyorlari ham rol ijro etgan. Yosh aktyor uchun birinchi katta muvaffaqiyat otasi Raj Kapur rejissyor bo‘lgan «Bobbi» (Bobby, 1973) filmidagi rolidan keyin keldi. O‘shanda Rishi Hindistonda yil aktyori deb tan olingan. Chintu an'anaviy ravishda hind kinosi uchun muhim bo‘lgan romantik sevishganlardan birining rolini o‘ynagan.
Shuningdek, Rishi Kapur «Qasoskor» (Barood, 1976), «Amar, Akbar, Antoni» (Amar, Akbar, Antoni, 1977), «Sevgi kasali» (Prem Rog, 1982), «Chandni» (Chandni, 1989), «Ko‘r muhabbat» (Fanaa, 2006) va boshqa filmlarda suratga tushgan.
Mavzuga oid
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024