Yevrokomissiya Shengen hududiga kirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirishni tavsiya qildi
Yevrokomissiya avvalroq YeIning ichki chegaralarini ochishni, shundan keyingina tashqi chegaralarni ochishni tavsiya qilgandi.
Yevrokomissiya Shengen hududi mamlakatlariga YeIga uchinchi davlatlardan kirishga qo‘yilgan taqiqni yana 30 kunga, 15 iyungacha uzaytirishni tavsiya qildi. Bu borada tegishli tavsiya Yevrokomissiya saytida chop etildi.
"Garchi YeIning ayrim davlatlari va Shengen hududi bilan bog‘liq mamlakatlar pandemiya tarqalishiga qarshi kurash choralarini yumshatishga tayyorgarlikni boshlagan bo‘lsa-da, Yevropadagi va dunyodagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda", - deyiladi Yevrokomissiya tomonidan.
Qayd etilishicha, shu bois mamlakatlar tashqi chegaralardan kirishga cheklovlarni uzaytirishi lozim. Yevrokomissiya avvalroq YeIning ichki chegaralarini ochishni, shundan keyingina tashqi chegaralarni ochishni tavsiya qilgandi. Ushbu tavsiya o‘z kuchida qoladi, deya ta'kidlanadi Bryussel tomonidan.
Ushbu tavsiya 30 mamlakatga qaratilgan. Gap Shengen hududining 26 a'zosi hamda u bilan bog‘liq Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveytsariya to‘g‘risida bormoqda.
Koronavirus tarqalishi sababli mart oyi o‘rtalarida Shengen hududi mamlakatlari uchinchi davlatlar fuqarolari uchun YeIga kirishni 30 kunga taqiqlagan hamda Yevropa hududi ichida harakatlanishni cheklagandi. Hujjatga ko‘ra, bu diplomatlarga hamda Yevroittifoqda uzoq vaqt bo‘lishga ruxsat olganlar va Yevropa fuqarolarining oila a'zolariga taalluqli emas.
Mavzuga oid
08:08
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
11:29 / 06.11.2024
Ukrainaga yordam: YeI AQSh saylovlari natijalarini kutmoqda
10:08 / 06.11.2024
YeIdagi yonuvchi posilkalar: Litvada gumondorlar ushlandi
12:30 / 05.11.2024