O‘zbekiston Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi
Har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan.
Maxsus tez tibbiy yordam parkini kengaytirish va pandemiya vaqtida bemorlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish uchun Tojikistonga Damas avtomobili negizida tez yordam avtomobillari yuborildi.
UzAuto Motors xabariga ko‘ra, har bir transport vositasi tibbiy xodimlar uchun qo‘shimcha shaxsiy himoya vositalari bilan jihozlangan. Keyinchalik tibbiy muassasalar orasida tarqatish uchun avtomobillar Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi.
Bildirilishicha, Damas avtomobili negizida ushbu maxsus transport vositasini ishlab chiqarish UzAuto Motors tomonidan 1996 yildan beri yo‘lga qo‘yilgan.
Tez yordam mashinalari tibbiy xodimlar hamrohligida bemorlarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024