Ekspert guruhi 20ta qamoqda saqlash joylarida monitoring o‘tkazdi – Ombudsman
2019 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi 20 ta jazoni ijro etish muassasasi va 6 ta tergov hibsxonasiga jami 26 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Bu haqda 29 may kuni Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi.
“2019 yilda Vakil tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarida joylashgan 20 ta jazoni ijro etish muassasasiga va 6 ta tergov hibsxonasiga, jami 26 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Shuningdek, viloyatlardagi 963 o‘ringa mo‘ljallangan 12 ta Reabilitatsiya markazida ham monitoringlar o‘tkazilgan.
Monitoring tashriflari davomida qamoqda saqlash joylaridagi shaxslar bilan jamoaviy uchrashuvlar (3000 dan ortiq) va yakka tartibdagi suhbatlar (248 kishi bilan) o‘tkazilgan. 2020 yilning 25 may kuniga qadar, Vakilga ko‘maklashuvchi va jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatuvchi ekspert guruhi tomonidan qamoqda saqlash joylarida jami 20 marotaba monitoring tashriflari amalga oshirildi. Jumladan, Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida joylashgan 9 ta jazoni ijro etish koloniyasida va 11 ta manzil-koloniyalarda monitoring o‘tkazildi”, deya Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda ta'kidlanishicha, ekspert guruhi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida ham 10 ta JIEM, jumladan 4 ta jazoni ijro etish koloniyasida va 6 ta manzil-koloniyalarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan qoidalarga to‘liq rioya qilingan holda monitoring o‘tkazilgan.
“Monitoringlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), uning o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, shuningdek “Yuksalish” umummilliy harakati, “Demokratiya va inson huquqlari instituti” hamda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan monitoringlar davomida mahkumlarni qamoqda saqlash sharoitlari, jumladan, yashash va ovqatlanish, shuningdek, mehnat qilish va tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati, mahkumlar uchun olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda koronavirus pandemiyasi davrida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi holatlari o‘rganildi.
Monitoringlar davomida 570 dan ortiq mahkum bilan jamoaviy uchrashuvlar va 153 nafar mahkum bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazildi”, deydi Ulug‘bek Muhammadiyev.
Mavzuga oid
16:49 / 16.10.2024
Sobiq MXX binosi hududidan ko‘chirilgan daraxtlarga oid tergov ishi natijasi ochiqlanmayapti. Sukut ortida nima bor?
14:09 / 31.08.2024
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi
20:44 / 16.08.2024
“Bu mamlakat bolalari taqdiri uchun muhim qonun bo‘ladi” – bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
08:25 / 01.08.2024