O‘zbekiston | 17:18 / 30.05.2020
5623
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 44 kishi koronavirusdan tuzaldi

Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 2772 nafarga yetdi.

Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bir yo‘la 37 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida esa 7 nafar, jami 44 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 11 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 78 yoshli onaxon bo‘lsa, yoshi kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Hududlar kesimida olinadigan bo‘lsa, Xorazm viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Toshkent va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Toshkent shahridan 2 nafar, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.
 
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, yoshi kichigi 29 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qirg‘iziston Respublikasidan 1 nafardan.
 
Toshkent shahrida shu paytga qadar 1019 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1063 nafarga yetdi.
 
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 2772 nafarga yetdi.

Mavzuga oid