O‘zbekiston | 17:25 / 30.05.2020
36111
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholi orasidan yana 9 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 may soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3523 (+10) nafarni tashkil etmoqda.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa Karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
 
Ayni paytda respublikada 2783 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 
 
Hozirda mamlakatda 726 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzuga oid