Tramp “Katta yettilik” sammitini kuzga qoldirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” sammitini koronavirus pandemiyasi sababli iyun oxiridan sentyabrga ko‘chirdi va unga Rossiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilmoqchi.
“Men “yettilik” dunyoda yuz berayotgan hodisalarni tegishli ravishda taqdim qilayotganini ko‘rmayapman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Alissa Faraxning aytishicha, “yettilik” uchrashuvi “an'anaviy ittifoqchilarni to‘plab, Xitoy bilan nima qilishni muhokama qilish” uchun imkoniyat hisoblanadi.
Avvalroq AQSh 10 iyunga rejalashtirilgan G7 sammitini iyun oxiriga ko‘chirishi ma'lum qilingandi. O‘tgan hafta Tramp uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Bungacha u uchrashuvning Kemp-Deviddagi qarorgohida o‘tishi imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan.
Ayni vaqtda G7 tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiya kiradi.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
12:18 / 28.06.2022
«Qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqtgacha yelkama-yelka turamiz» - G7 Ukrainani g‘alabaga qadar qo‘llashni va’da qildi
19:07 / 27.06.2022
«Putin harbiy mashinasi yuragiga zarba»: dunyo yetakchilari Rossiya oltiniga embargo qo‘yadi
15:51 / 14.04.2022