Navoiyda 224 tup giyohvandlik o‘simligini parvarishlagan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 25 may kuni Navoiy viloyati Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Uning davomida, Xatirchi tumani Tamabaxrin MFYda yashovchi, 30 yoshli F.J.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash joyining yer maydonida 224 tup sof og‘irligi 1.708 grammni tashkil qilgan “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, 224 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.J. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:32 / 09.08.2024
DXX giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
10:37 / 26.07.2024
DXX giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
07:20 / 23.07.2024
1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
22:50 / 05.06.2024