Jamiyat | 08:30 / 23.06.2020
10192
2 daqiqa o‘qiladi

IIV Qorako‘l tumanida sodir bo‘lgan YTH to‘g‘risida rasmiy ma'lumot berdi

YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati Buxoroda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tarqalgan videolavha yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 iyun kuni soat 15:45larda, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida joylashgan Dehqon bozori oldida haydovchi J.R. “Lasetti” rusumli transport vositasini Qorako‘l tumani, Ulug‘bek ko‘chasidan o‘tgan 4R-75 avtomobil yo‘li bo‘ylab "Regihaydar-Paxtakor" yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

U shu yo‘lning 80,5-km.ga yetganida ehtiyotsizligi tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi M.N. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya etishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid