Ozarboyjon prezidenti mamlakat tashqi ishlar vazirini iste'foga chiqardi
Ilhom Aliyev 15 iyul kuni tashqi ishlar vaziri faoliyatini tanqid qilgan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev tashqi ishlar vaziri Elmara Mamedyarovni iste'foga chiqardi.
Aliyev 15 iyul kuni Armaniston bilan chegarada sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar fonida Mamedyarovning faoliyatini tanqid qilgandi, deb yozadi Haqqin.az. Qayd etilishicha, Aliyev barcha rahbarlar «tundan tonggacha» ishda bo‘lgan vaqtda u vazirni topolmagan.
«Bizning diplomatik faoliyatimiz yanada samarali bo‘lishi mumkin edi. Men bir necha bor aytganman, bizning diplomatiyamiz zaif va himoyaviy emas, hujumkor diplomatiya bo‘lishi kerak», — degan Aliyev.
Mamedyarov 2004 yildan buyon tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Uning o‘rniga Jayhun Bayramov vazir etib tayinlangan.
Armaniston-Ozarboyjon chegarasidagi vaziyat 12 iyulda keskinlashdi. 16 iyul kuni chegarada yana to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bo‘lib o‘tgan voqealarda har ikki tomon bir-birini ayblamoqda.
Mavzuga oid
14:37
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
14:26
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024