O‘zbekiston | 16:48 / 01.08.2020
16519
3 daqiqa o‘qiladi

Yordam puli ajratilishidagi qonunbuzilishlar yuzasidan prokuraturaga murojaat qilish so‘raldi

Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on ma'lumotlar tarqatish uchun jinoiy javobgarlik borligini eslatdi.

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ro‘yxat asosida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli tarqatilishi jarayonida qonunbuzilish holatlari kuzatilayotganiga oid ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, «Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosini to‘la ta'minlash maqsadida maxsus shtab tuzilib, aniq tadbirlar belgilangan va hududiy prokurorlarga alohida topshiriqlar yuborilgan.

«Prokuratura organlari tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan belgilangan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z muddatida manzilli yetkazilishi alohida nazoratga olindi, qonunbuzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qa'tiy choralar ko‘rilishi ta'minlanadi», – deyiladi bayonotda.

Mahkama bunday holatlar kuzatilgan taqdirda fuqarolardan tegishli hudud prokuraturasiga murojaat qilishni so‘ramoqda.

Murojaat uchun telefonlar:

  • Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
  • Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
  • Jizzax viloyat prokuraturasi – 72 226-1007
  • Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
  • Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
  • Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
  • Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
  • Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
  • Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
  • Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
  • Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
  • Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
  • Xorazm viloyat prokuraturasi – 62 226-1007

«Prokuratura organlari har bir xabar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishini ta'minlaydi va fuqarolarimizdan vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanmagan turli asossiz xabarlarga tayanmaslikni so‘rab qoladi.

Bosh prokuratura aholi orasida yolg‘on, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va vahima chiqarishga qaratilgan ma'lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatadi!» – deya ta'kidlangan Bosh prokuratura axborotida.

Mavzuga oid