Sport | 01:57 / 24.08.2020
28443
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» «PSJ»ni mag‘lub etib, 6-bor Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasi finalida «Bavariya» va «PSJ» jamoalari to‘qnash kelishdi. Keskin kurashlar ostida o‘tgan bahsda Kingsli Komanning yagona goli myunxenliklarga g‘alaba keltirdi. E'tiborlisi, Koman «PSJ» tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Shu tariqa «Bavariya» o‘z tarixida 6-marta Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

YeChL, final
PSJ – Bavariya 0:1

23 avgust, «Eshtadiu da Lush»

Gol: Koman (59).

PSJ – Navas, Kimpembe, Kerer, Silva, Errera (Draksler, 72), Paredes (Verratti, 65), Di Mariya (Shupo-Moting, 80) , Bernat (Kurzava, 80), Mbappe, Neymar.

Bavariya – Noyyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Alkantara (Tolisso, 86), Koman (Perishich, 68), Gnabri (Koutino, 68), Levandovski, Myuller.

Ogohlantirishlar: Devis (28), Paredes (52), Gnabri (52), Zyule (56), Neymar (81), Silva (83), Kurzava (86), Myuller (90+4).

Mavzuga oid