Past Darg‘om tuman prokuroriga «hayfsan» berildi
Kun.uz'da 8 sentabr kuni «Past Darg‘omda «1000 ta jo‘ja spektakli»: Bosh rollarda prokuror va o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan «mahallaqo‘m» sarlavhali maqola e'lon qilingandi.
Bosh prokuratura maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tekshirish o‘tkazdi va bu borada bayonot berdi.
«Tekshirishda «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H.Tursunov tomonidan uyushtirilgan mazkur sahnali ko‘rinish namoyishining tashkillashtirilishida Past Darg‘om tumani prokurori A.Valiyevning aloqadorligi aniqlanmadi.
Biroq, tuman prokurori A.Valiyev rahbarlik qilayotgan 2-sektor faoliyatida kamchiliklar aniqlangani sababli unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, «hayfsan» e'lon qilindi», deyilgan Bosh prokuratura bayonotida.
Ma'lumot uchun, Past Darg‘omdagi «Qo‘qoni» mahallasi raisi Husniddin Tursunov Kun.uz muxbiriga kam ta'minlangan «temir daftar»dagi oila deb o‘z oilasini ko‘rsatgan.
Bu voqea tuman prokurori Asror Valiyevning ko‘z oldida bo‘lgan. Buning ustiga «Qo‘qoni» mahallasi aynan 2-sektor tasarrufidagi mahalla hisoblanadi. Asror Valiyev mazkur xonadonni kambag‘alchilikdan chiqarishda bosh-qosh bo‘layotganini aytgan.
Mavzuga oid
19:30 / 11.09.2024
Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirish siyosatiga mas’ul o‘rinbosari tayinlandi
14:10 / 04.09.2024
Navalniyning o‘limi: prokuratura ish qo‘zg‘atmaslik haqidagi qarorni bekor qildi
20:45 / 31.07.2024
Asaka tuman prokurori o‘rinbosari 8,5 yilga qamaldi. Uning ishida dalillar soxtalashtirilgani aytilmoqda
12:22 / 29.07.2024