Jahon | 18:54 / 17.09.2020
5598
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi Qozog‘istonda ishlab chiqilgan vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

 Xabar qilinishicha, birinchi va ikkinchi bosqichda 244 nafar ko‘ngilli emlanadi.

Foto: RIA Novosti

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda mamlakat ta'lim va fan vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Fan qo‘mitasining biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ishlab chiqqan QazCovid-in koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi", - deyiladi xabarda.

 Xabarda aytilishicha, birinchi va ikkinchi bosqichda 244 nafar ko‘ngilli emlanadi.

Vazirlikning eslatishicha, 26 iyulda dastlab yetti, so‘ngra yana 20 nafar olim vaksina bilan emlangan. Ularda o‘suvchi immunitet hosil bo‘lgan, tahlil natijalari vaksinaning xavfsiz va yuqori immunogenligini ko‘rsatgan. 

 JSST 15 may kuni Qozog‘istonning koronavirusga qarshi inaktivlashtirilgan vaksinasini nomzod vaksinalar ro‘yxatiga, 29 avgustda esa klinik sinov o‘tkazish ruxsat berilgan vaksinalar qatoriga kiritgandi.

Mavzuga oid