Ilhom Aliyev «ozod qilingan hududlarda» Ozarboyjon bayroqlari ko‘tarilganini aytdi
Ilhom Aliyevning ta'kidlashicha, «muvaffaqiyatli qarshi hujum operatsiyasi davom etmoqda».
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ning Ozarboyjon armiyasi egallagan hududlarida mamlakat bayroqlari ko‘tarilganini aytdi. Bu haqda Haqqin.az xabar bermoqda.
«Qarshi hujum natijasida bosib olingan ayrim hududlar ozod qilindi. Ozod qilingan hududlarda Ozarboyjon bayrog‘i ko‘tarildi», — dedi Aliyev Pokiston elchisi bilan suhbatda.
Aliyevning ta'kidlashicha, «muvaffaqiyatli qarshi hujum operatsiyasi davom etmoqda».
«Biz o‘z yerimizda jang qilyapmiz. Tog‘li Qorabog‘ – Ozarboyjonning tarixiy qismi. Tog‘li Qorabog‘ Ozarboyjonning ajralmas qismi hisoblanadi va xalqaro hamjamiyat Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini tan oladi», — dedi u.
Tog‘li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
14:26
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024