O‘zbekiston | 09:52 / 01.10.2020
11543
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda besh kishining o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 17 sentabr kuni soat 13:20da Andijon viloyati Marhamat tumani Qo‘rg‘oncha MFY o‘ramida joylashgan jamoat joyi hisoblangan Qo‘rg‘oncha ko‘chasida 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O. bir guruhga birlashib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, muqaddam o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan pul oldi-berdi masalasida 54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R. bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, M.O. va B.O. hech bir sababsiz qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan ularga turli ko‘rinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

Hodisa joyidan 2 dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.O. va B.O. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid