Namangan viloyati prokurori tayinlandi
Jahongir Hotamov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi.
Jahongir Hotamov 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
U 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, Namangan viloyati prokurori Akmalxo‘ja Mavlonov davlat rahbarining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:11 / 22.10.2024
Namangandagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
10:10 / 22.10.2024
3,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
10:54 / 20.10.2024