Jahon | 15:41 / 13.10.2020
12468
2 daqiqa o‘qiladi

JSST koronavirusning ikkinchi to‘lqini yo‘qligini ma'lum qildi

 JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, "hozirda bemorlar soni o‘sayotganligi kuzatilayotgan mamlakatlar bor, lekin pasayish yuz berayotgan mamlakatlar ham bor".

Foto: REUTERS / Aly Song/File Photo

COVID-19 pandemiyasining hech qanday ikkinchi to‘lqini yo‘q. Bu haqda JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy direktori Dorit Nitsan ma'lum qildi.

 "Koronavirusning tur va shakllari pandemiyaning hech qanday ikkinchi to‘lqini yo‘qligini ko‘rsatmoqda", - dedi Nitsan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "hozirda bemorlar soni o‘sayotganligi kuzatilayotgan mamlakatlar bor, lekin pasayish yuz berayotgan mamlakatlar ham bor".

"Biz bemorlar soni kamayib borayotgan mamlakatlardagi vaziyatni o‘rganmoqdamiz", - dedi JSST vakili.

 Nitsan dunyo aholisining atigi 5 foizi kasallikka chalinganini aytar ekan, "koronavirus xatarli" ekanligiga e'tibor qaratdi.  

"Ammo mana shu 5 foiz odamlar qattiq azoblanmoqda, ularning hayoti xavf ostida", - dedi Nitsan.

Keyingi haftalarda koronavirus yuqtirish holatlari butun dunyoda keskin ko‘payganligi qayd etilmoqda. Ayrim mamlakatlar koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganligini e'lon qilgan.

Mavzuga oid